Udemy
    •  
    •  
    •  
    •  
    •  
    •  
    •  
    •  
Turn what you know into an opportunity and reach millions around the world.
Learn More
Your cart is empty.
Keep shopping
Flutter va Dart. Mobil dasturlash kursi. Flutter ozbek tili
Rating: 4.9 out of 5(8 ratings)
16 students

Flutter va Dart. Mobil dasturlash kursi. Flutter ozbek tili

O'zbek tilidagi eng to'liq Flutter mobil dasturlash kursi. Flutter o'zbek tilida
Created byAziza Murod
Last updated 8/2025
Uzbek

What you'll learn

  • Flutter va Dart asoslarini o‘zlashtirish – O‘quvchilar Dart sintaksisi va Flutter framework'ining ishlash prinsiplarini to‘liq tushunib olishadi.
  • Mobil ilovalar yaratish – O‘quvchilar Flutter yordamida mustaqil mobil ilovalar yaratish va ularni ishga tushirishni o‘rganishadi.
  • Responsive UI yaratish – O‘quvchilar ilovalarni turli ekran o‘lchamlariga moslash uchun responsive va adaptive dizayn qilishni o‘rganishadi.
  • Responsive UI yaratish – O‘quvchilar ilovalarni turli ekran o‘lchamlariga moslash uchun responsive va adaptive dizayn qilishni o‘rganishadi.
  • Local database bilan ishlash – O‘quvchilar Hive, Drift’dan foydalanib, ma’lumotlarni saqlash va boshqarishni o‘rganishadi.
  • Amaliy loyihalar yaratish – O‘quvchilar oddiydan murakkabgacha bo‘lgan loyihalar ustida ishlash orqali real tajriba orttirishadi.
  • Ilovalarni test qilish – O‘quvchilar xatolarni topish, debugging qilish va ilovalarni optimallashtirishni o‘rganishadi.
  • Mustaqil dastur ishlab chiqish – O‘quvchilar kursni tugatgach, mustaqil mobil ilovalar yaratish va rivojlantirishga qodir bo‘lishadi.

Course content

15 sections • 130 lectures • 59h 41m total length
  • Kurs haqida umumiy ma'lumot7:30
  • Modul haqida umumiy ma'lumot1:00
  • Flutter nima6:18
  • Flutterning afzalliklari2:53
  • Flutter nega Dart dasturlash tilidan foydalanadi ?2:06
  • Flutterni Windows ga o'rnatish24:34
  • Flutterni macOS ga o'rnatish24:40
  • Birinchi mobil ilovangizni yarating va ishga tushiring10:14

Requirements

  • Kompyuter va internet-brauzerlardan foydalana olish.
  • Hech qanday dasturlash tajribasi talab qilinmaydi.
  • Windows yoki macOS tizimlaridan birida ishlaydigan kompyuterga ega bo‘lish.
  • Flutter va Dart bilan ishlash uchun kerakli barcha tushunchalar kurs davomida o‘rgatiladi.

Description

Assalomu alaykum! Mukammal Flutter va Dart Mobil dasturlash kursiga xush kelibsiz!  Ushbu to’liq kurs sizni mutlaqo noldan professional mobil dasturchi darajasigacha olib chiqadi.



Agar siz Flutterni mukammal o’rganmoqchi bolsangiz, to‘g‘ri joydasiz !

Chunki Bu o‘zbek tilidagi eng to‘liq Flutter mobil dasturlash kursidir. U amaliy va qiziqarli kodlash misollari, real loyihalar va muhim nazariy darslar bilan boyitilgan.


Men Aziza Murod, senior Flutter dasturchisiman. 5 yildan ortiq turli xil katta kompaniyalarda ishlab, yirik loyihalarga hissa qoshganman. Shuning uchun men yaxshi mutaxasis bolish uchun qanday mavzular muhimligini yaxshi bilaman. Aynan shu tajribam asosida ushbu yangilangan kursni bir necha oylar davomida ishlab chiqdim.


Kursimizning asosiy maqsadi – real amaliyotga e’tibor qaratish.

Bu kurs davomida biz nafaqat kod yozishni o‘rgatamiz, balki nega aynan shunday kod yozish kerakligini, bu qanday ishlashini va dasturchi sifatida qanday mustaqil fikrlash kerakligini batafsil tushuntiramiz. Biz sizga qanday kod yozishni ko‘rsatib qo‘yish bilan cheklanib qolmaymiz, balki mantiqiy fikrlashni, muammolarni mustaqil hal qilishni va professional dasturchi sifatida ish yuritishni o‘rgatamiz.

Kursimiz yakunida siz Flutter va Dart’ni mukammal egallagan bo‘lasiz va mustaqil loyihalar yaratish uchun yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lasiz.


Kursimiz 15 ta moduldan iborat bo‘lib, har biri muhim mavzularni o‘z ichiga oladi. Har bir darsdan so‘ng mustahkamlash uchun uy vazifalari beriladi. Eng muhimi, kurs davomida biz 3 ta real loyihani yaratamiz: kalkulyator ilovasi, retseptlar ilovasi va xarajatlarni kuzatish ilovasi. Ushbu loyihalarda oldingi modullarda o‘rganilgan nazariy bilimlarimizni amaliy hayotga tatbiq etamiz.

Va barcha ushbu materiallar 60+ soatdan ortiq yangilangan video darslardan iborat. 47+ soati faqat amaliy mashg‘ulotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, bu kursni eng amaliyotga yo‘naltirilgan Flutter kursiga aylantiradi.

Umid qilamanki, bu sizga juda qiziq va foydali boladi. Bu kurs — Flutter va Dart o‘rganishni boshlagan paytimda o‘zim uchun orzu qilgan kursim! Bu sizni mustahkam bilim bilan mustaqil dasturchiga aylantiradigan to‘liq va mukammal toplamdir.

Shunday ekan, kursga hoziroq qo‘shiling va Flutter dasturchilik yo‘lingizni boshlang!


Flutter o‘zbek tilida

Dart dasturlash tili

Mobil ilova yaratish

Flutter kurs o‘zbek tilida

Flutter darslari

#flutteruz #flutterozbektilida


Who this course is for:

  • Flutter dasturchisi bo‘lishni istagan boshlovchilar – Hech qanday dasturlash tajribasiga ega bo‘lmaganlar uchun ajoyib tanlov. Kurs Flutter va Dart asoslarini o‘rgatadi va ilk mobil ilovangizni yaratishga yordam beradi.
  • Mavjud Flutter dasturchilari – Flutter bilan allaqachon ishlayotgan, lekin bilimlarini kengaytirishni va yangi texnikalarni o‘rganishni istagan dasturchilar uchun.
  • Boshqa dasturlash tillarida ishlovchi dasturchilar – Python, Java, JavaScript yoki boshqa tillarda ishlovchi, lekin Flutter bilan mobil ilovalar yaratishni o‘rganmoqchi bo‘lgan dasturchilar uchun.